“Tottenxem” hech qanaqa top-klub emas. Men bunga guvoh bo‘lganman

  • 13.02.2026 06:29
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Angliya Premyer-ligasining mashhur jamoalaridan hisoblangan “Tottenxem” daniyalik bosh murabbiy Tomas Frankni bosh murabbiylikdan bo‘shatganidan keyin yana futbol jamoatchiligi diqqatini o‘ziga qaratdi.

Ushbu jamoaning sobiq bosh murabbiyi Angelos Postekoglu “Tottenxem”ni katta klub deb atash to‘g‘ri emasligini ta’kidlayapti. Bu mutaxassis rahbarligida “shporlar” 2024-2025 yilgi mavsumda Yevropa Ligasida g‘alaba qozongan edi.

2025 yilning oktyabrida klub rahbariyati chempion murabbiyni lavozimidan ozod etdi.

- Shunisi aniqki, ‘Tottenxem’ ajoyib stadion va juda yaxshi mashg‘ulot bazalarini qurdi. Lekin xarajatlarga, ayniqsa maoshlar tuzilmasiga qaralsa, bu top-klub emas. Men buni ko‘rdim, chunki biz bozorga chiqib, futbolchilarni sotib olishga intilmadik.

Men ‘Tottenxem’ mentalitetini o‘zgartirishga harakat qildim. Ishning ikkinchi yilida sovrin haqida aytgan barcha gaplarim klub manfaati uchun edi. Klub ichida hech kim bunday gapni aytishga jur’at qilmasdi , chunki juda qo‘rqishardi.

Bu jamoa bir necha bor chempionlikka yaqin kelgan. Biz nihoyat Yevropa ligasini yutdik va sovrinsiz seriyaga chek qo‘ydik. Ular esa nima qilishdi? Hammisini vayron qilib, yana boshidan boshlashdi. Qiziq, ular nimani ko‘zlayapti ekan?, - dedi Postekoglu ESPN jurnalistlari bilan suhbatda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!