
"Tottenxem" jamoaning sobiq murabbiyini qaytarmoqchi
Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasi bosh murabbiyi Joze Mourino Londonning "Tottenxem" klubiga qaytishi mumkin. Bu haqda "TodoFichajes" nashri xabar bermoqda.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "shporlar" rahbariyati 62 yoshli mutaxassisni jamoagga qaytarish imkoniyatin o‘rganib chiqmoqda. Ta’kidlanishicha, Mourinoni qaytarish bo‘yicha ishlar faqatgina Anje Postekog‘lu bilan xayrlashish to‘g‘risidagi yakuniy qaror qabul qilinganidan keyingina boshlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Mourino 2019-2021 yillarda "Tottenxem"ni boshqargan edi. Portugaliyalik murabbiy klub bilan sovrin yutishga yaqin kelgan. Biroq, Liga kubogi finaliga bir necha kun qolganda iste’foga chiqarilgan, shundan so‘ng u "shporlar" rahbariyatini bir necha bor keskin tanqid qilgan.
Fikrlar