
"Tottenxem" Kontega moliyaviy tomonlama yaxshilangan shartnoma taklif qilyapti
"Tottenxem" jamoa bosh murabbiyi Antonio Kontega moliyaviy tomonlama yaxshilangan yangi shartnoma taklif qilyapti. Bu haqda "Telegraph" nashri yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, London klubi rahbariyati Kontening maoshiga 1 million funt qo‘shib berishga tayyor. Ayni damda mutaxassis yiliga 15 million funt ishlab oladi.
Antonio hozircha ushbu taklifga javob bermadi. U "shporlar"ning qishki transfer bozorida qanchalik faol bo‘lishini kutmoqchi.
Fikrlar