"Tottenxem" "Liverpul" futbolchisini sotib olmoqchi

  • 11 avgust, 16:35
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning hujumkor yarim himoyachisi Xarvi Elliott Londonning "Tottenxem" klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sebasten Vidal ma’lum qildi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, "shporlar" Elliot transferi bo‘yicha "Liverpul"ning moliyaviy talablarini qondirishga tayyor. Ta’kidlanishicha, "Tottenxem" hujum chizig‘iga kreativlik qo‘shmoqchi va futbolchiga "Liverpul"da etishmayotgan o‘yin daqiqalarini taqdim etmoqchi.

O‘tgan mavsumda Elliott barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 28 ta o‘yinda maydonga tushib, raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qildi va 3 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Transfermarkt portali mutaxassislari 22 yoshli yarim himoyachining narxini 30 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!