«Tottenxem» «Manchester Siti»ning yana bir hujumchisini olishga kelishib oldi
Londonning «Tottenxem» klubi rahbariyati «Manchester Siti» bilan misrlik hujumchi Omar Marmushning bu yozgi transfer oynasidan foydalangan holda jamoaga o‘tishi yuzasidan kelishuvga erishdi.
VVS tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Shimoliy London klubi 27 yoshli futbolchini mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishib olgan. Shu bilan birga, «shporlar» shartnomada Marmushni 70 million yevro evaziga majburiy tarzda to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Qayd etish joizki, Omar Marmush «Manchester Siti» safida 2025 yil yanvaridan beri to‘p surmoqda. Uning «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan. Angliyaga kelgunga qadar misrlik hujumchi Germaniyaning «Ayntraxt» klubi sharafini himoya qilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Marmush Angliya chempionatida «Manchester Siti» tarkibida 21 ta o‘yinda maydonga tushdi. U shu davr mobaynida uchta gol urdi va uch bor ogohlantiruvchi sariq kartochka oldi.

Fikrlar