"Tottenxem" Moйze Kinni transfer qilishni maqsad qildi
Agar mavsum yakunlariga koʻra "Tottenxem" Premer-ligada qolsa, jamoa yozgi transferlar oynasida jiddiy kuchayishi mumkin.
Yangi bosh murabbiy Roberto de Zerbi asosiy maqsad sifatida "Fiorentina" hujumchisi Moize Kinni belgiladi, deb xabar beradi "Calciomercato". Londonliklar 26 yoshli futbolchini keyingi transferlar vaqtida oʻz safiga qoʻshib olishga harakat qiladi.
Italyan futbolchisining qiymati Transfermarkt portaliga koʻra, 40 million yevroni tashkil qiladi. Unga qiziqish bildirgan ilk jamoa "Milan" edi. Moize Kinning jamoasi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilgacha amal qiladi.
Maʼlumot oʻrnida, Roberto de Zerbi "Tottenxem"ga mart oyi oxirida rahbarlik qilib, Igor Tudorning oʻrnini egalladi.
Fikrlar