
"Tottenxem" murabbiyi mavsum oxirida klubni tark etadi
"Tottenxem" klubi ustozi Anje Postekoglu mavsum oxirida jamoa bilan xayrlashadi.
Britaniyalik jurnalist, Metyu Lavning insaydiga ko‘ra, Shimoliy London klubi rahbariyati mavsum so‘nggidagi natijalardan qat’i nazar, hattoki Evropa ligasini qo‘lga kiritgan taqdirda ham avstraliyalik mutaxassisni iste’foga chiqarishni rejalashtirmoqda.
Ma’lumot o‘rnida, "Tottenxem" Evropa ligasi yarim finalida 2 va 9 may kunlari "Budyo-Glimt"ga qarshi bahslarda ishtirok etadi. Jamoa bundan oldingi bosqichda "Ayntraxt"ga qarshi bellashuvlarda uydagi 1-1 va mehmondagi 0-1 hisobidagi g‘alaba evaziga 1/2 final yo‘llanmasiga ega chiqqandi.
Eslatib o‘tamiz, "shporlar" hozirda Angliya Premer-ligasida 37 ochko bilan 16-o‘rinda bormoqda. Shuningdek, jamoa evrokubokda ham ishtirokni davom ettiryapti.
Fikrlar