"Tottenxem" "Napoli" hujumchisi uchun kurashni davom ettirmoqda

  • 11.09.2020 20:06
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" rahbariyati  "Napoli" hujumchisi Arkadiush Milikni jamoaga olib kelish payiga tushgan.

Evening Standard nashrining yozishicha, klublar polshalik futbolchining transferi bo‘yicha muzokaralarni boshlab yuborgan, ammo hozircha ular murosaga kela olmayapti. Neapolliklar Milikning transferini 30 mln evroga baholamoqda, “shporlar” esa ushbu narxni pasaytirishga harakat qilyapti.

Milik “Napoli” safida 2016 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U o‘tgan davr mobaynida 122 ta o‘yinda maydonga tushdi va 48 ta gol hamda 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning amaldagi shartnomasi 2021 yilda o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!