"Tottenxem" Pochettinodan nimani iltimos qilyapti?

  • 17.04.2020 11:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati jamoaning sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino bilan maoshni kamaytirish masalasida kelishishga harakat qilmoqda.

Daily Mail nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, “shporlar” koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy inqiroz sabab yiliga 10 million evro maosh oladigan argentinalik mutaxassisdan uni kamaytirishni so‘rashmoqda.

Aytish kerakki, tomonlar o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, Pochettino to o‘ziga yangi ish topmagunicha "Tottenxem" xo‘jayini Daniel Levi unga shartnomada belgilangan maoshni to‘lab borishi lozim.

Maurisio Pochettino “Tottenxem”ni 2014 yildan 2019 yilning noyabrigacha boshqargan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!