“Tottenxem” salkam yuz million yevro bilan manchesterliklarni doğda qoldirdi

  • 01.07.2026 08:52
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Londonning “Tottenxem” klubi Angliya Premier-ligasini tark etgan “Vest Xem” yarim himoyachisi Mateush Fernandes uchun kurashda g‘olib chiqdi.

Insayder Devid Ornshteynning X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qilishicha, “shporlar” eng manfaatli taklifni bergan. Avvalroq 21 yoshli yarim himoyachiga “Manchester Yunayted” ham qiziqish bildirgani xabar qilingan edi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, “Tottenxem”ning taklifi taxminan 85 million funt sterling (99 million yevro) miqdoridagi kafolatlangan to‘lovni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, Fernandesning o‘zi ham “Tottenxem” taklifini qabul qilishga qaror qilgan. “Manchester Yunayted” qanday taklif bergani haqida ma’lumot keltirilmagan.

O‘tgan mavsumda Mateush Fernandes barcha musobaqalarda 42 ta uchrashuvda ishtirok etib, 5 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!