"Tottenxem" Songa ko‘rsatilgan qizil kartochka masalasida apellyatsiya berdi

  • 23 dekabr, 2019, 20:17
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi "Chelsi"ga (0:2) qarshi bo‘lib o‘tgan London derbisida Antonio Ryudigerga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan futbolchisi Son Xin Minning qizil kartochkasi bo‘yicha apellyatsiya berdi. Bu haqda Sky Sports xabar tarqatmoqda.

Tecno

Aytish kerakki, shu kuni koreyalik futbolchi germaniyalik raqibi bilan bo‘lgan elkama-elka kurashda maydonga quladi va shu vaziyatda uning qorniga zarba berdi. Natijada hakam Songa to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatdi. Aytish kerakki, bu uni naqd 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qiladi.

Ma’lumot uchun, Son joriy mavsum “Tottenxem” safida jami 23 ta o‘yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!