"Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi to‘purar vafot etdi

  • 19.09.2021 18:34
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol

Angliya terma jamoasi matbuot xizmati mashhur futbolchi Jimmi Grivz 81 yoshida vafot etganini e’lon qildi.

Grivz futbolchilik faoliyati davomida "Chelsi" va "Tottenxem" klublarida o‘ynagan. "Aristokratlar" tarkibida 1957 – 1961 yillarda jami 157 ta o‘yinda ishtirok etib, raqib darvozasiga 124 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. "Shporlar" libosida esa 1961 – 1970 yillarda harakat qilgan. Aynan u "Tottenxem" tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Bundan tashqari u Angliya terma jamoasi safida jahon chempionligini ham qo‘lga kiritgan. U milliy jamoa safida 57 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z hisobiga 44 ta gol yozdirib qo‘ygan.

Umer chempion mira v sostave sbornoy Anglii i luchshiy bombardir v istorii "Tottenxema"

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!