"Tottenxem" to‘purariga armiya yoqib qoldi yoxud Son Xin Min harbiy xizmatni qanday o‘tagani haqida gapirib berdi

  • 3 iyun, 2020, 16:58
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Tottenxem” klubi forvardi Son Xin Min karantin davrida Janubiy Koreya armiyasida yigitlik burchini ado etib qaytganidan ko‘pchilikning xabari bor. Uning o‘zi bu boradagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Men armiya formasini kiyishim kerak edi. Bu ko‘pchilikda hech qachon bo‘lmaydigan alohida tajriba bo‘ldi. Albatta, men nimalar qilganimni barchasini ayta olmayman, lekin ular menga yoqdi. Bu uch hafta juda qiyin o‘tdi, lekin bu tajriba...Endi menda bunaqasi hech qachon bo‘lmaydi. Men bu uch haftadan rohatlandim.

Boshida biroz g‘alati bo‘ldi, chunki biz bir-birimizni umuman tanimasdik. Bitta xonada 10 kishi yashadik va birga ishladik, bir-birimizga yordam berdik. Bu fantastik damlar edi. Avvaliga ko‘pchilik men bilan gaplashishga hayiqdi, lekin keyinchalik men bilan hazillashishdi va biz birga vaqtni yaxshi o‘tkazdik. Bu yaxshi tajriba bo‘ldi va menga yoqdi”, - deydi Son.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!