"Tottenxem" va "Inter" daniyalik yarim himoyachi uchun kurashadi

  • 23 mart, 15:02
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi Italiya chempionatida to‘p tepuvchi futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda "La Repubblica" nashri xabar berdi

Tecno

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, "shporlar" Rimning "Latsio" jamoasining hujumkor yarim himoyachisi Gustav Isaksenni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. Ingliz klubi bu futbolchi uchun Milanning "Inter" jamoasi bilan raqobatlashmoqchi.

"Tottenxem" rahbariyati xavbek uchun Rim klubi talab qiladigan 40 million evroni to‘lashga tayyor.

Ma’lumot uchun, daniyalik futbolchi 2023 yilda "Midtyullan"dan "Latsio"ga o‘tgan edi. Isaksen joriy mavsumda Rim jamoasi tarkibida 39 ta o‘yinda ishtirok etib, beshta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!