
"Tottenxem" yangi murabbiy qidirishni boshlab yubordi
"Tottenxem" bosh murabbiy Nunu Eshpiritu Santuni iste’foga chiqarish haqda o‘ylamoqda. Bu haqda "The Guardian" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "shporlar" prezidenti Deniel Levi sport direktor Fabio Paratichi bilan birgalikda yangi murabbiy borasida muzokara o‘tkazgan. London klubi Serjiu Konseysau ("Portu"), Paulu Fonseka (ishsiz) va Antoni Konte (ishsiz) nomzodlarini ko‘rib chiqmoqda.
"Tottenxem" 10-turdan so‘ng 15 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Klub muxlislari jamoaning qoniqarsiz natijalariidan noroziligi yashirib o‘tirmayapti.
Fikrlar