“Tottenxem” yangi murabbiy topib qo‘ydi

  • 5 aprel, 2023, 09:31
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Tottenxem” italiyalik murabbiy Antonio Konteni iste’foga chiqarganidan keyin yozda jamoani qabul qiladigan yangi bosh murabbiy topib qo‘ydi.

Joriy mavsum oxirigacha “Tottenxem” Kristan Stellini qo‘l ostida o‘ynaydi. Klub rahbariyati bosh murabbiy masalasida shoshilmaslikni ma’qul ko‘rgan.

Todofichajes nashri ma’lumotlariga ko‘ra, londonliklar Vensan Kompani bilan kelishib qo‘ygan va belgiyalik mutaxassis kelasi mavsum oldidan jamoani qabul qilib oladi.

Ayni paytda 36 yoshli Vensan Kompani Chempionshipda “Byornli” jamoasini boshqarmoqda. Uning shogirdlari musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda va kelasi mavsum Premer-ligaga chiqishga yaqin turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!