“Tottenxem” – “RB Leyptsig”. Londondagi super to‘qnashuvda kimning imkoniyati yuqori?

  • 19 fevral, 2020, 12:39
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor bugun UEFA Chempionlar ligasining 1/8 finalidan o‘rin olgan yana 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. “Tottenxem” – “RB Leyptsig” bahsi shular jumlasidandir.

Keling, ushbu bellashuv oldidan jamoalarning imkoniyatlarini baholab chiqamiz.

Mavsum o‘rtasida bosh murabbiyni almashtirgan “Tottenxem” mavsumni barqaror o‘tkaza olmayapti. “Shporlar” so‘nggi 6 ta o‘yinning faqatgina 1 tasida raqib darvozasiga gol ura olishmagan xolos. Qolgan bellashuvlarda esa kamida bir marta gol urishni uddalashgan.

Biroq, “Tottenxem”ning hujum chizig‘i juda jiddiy yo‘qotishlarga uchragan. Jamoa to‘purarlari hisoblangan Xarri Keyn va Son Xin Min jiddiy jarohat olishgan. Ular nafaqat bugungi, balki 11 mart kuni bo‘ladigan javob o‘yinida ham maydonga tusha olishmaydi.

son_6

Yuqoridagilarni inobatga olsak “Tottenxem”ning imkoniyatlari biroz pastroq baholash mumkin. Lekin, ular o‘z maydonlarida to‘p surayotganliklarini ham inobatga olish kerak.

Joze Mourino shogirdlari ayni damda Angliya premer-ligasida 40 ochko bilan 5-o‘rinda borishmoqda.

son1

Shu o‘rinda “Tottenxem” Chempionlar ligasining guruh bosqichida “B” guruhida “Bavariya”, “Olimpiakos” va “Tsrvena Zvezda” jamoalari bilan kurash olib bordi va “Bavariya”dan so‘ng 2-o‘rinni egalladi.

b_1

“Tottenxem”ning so‘nggi 5 ta o‘yinda qayd etgan natijasi:

“Tottenxem” – “Norvich” 2:1

“Sautgempton” – “Tottenxem” 1:1

“Tottenxem” – “Manchester Siti” 2:0

“Tottenxem” – “Sautgempton” 3:2

“Aston Villa” – “Tottenxem” 2:3

999_1

So‘nggi yillarda Germaniya futbolida porlab chiqqan “RB Leyptsig” Evropada ham o‘z oldiga yuqori maqsadlarni qo‘ymoqda. Ushbu jamoaning hujumda juda faolligi uning asosiy ustunligi hisoblanadi.

32 yoshli murabbiy Yulian Nagelsman boshqaruvidagi jamoa Bundesligada ham ajoyib o‘yinlar namoyish etib kelmoqda. “RB Leyptsig” o‘tgan 22 tur yakunlariga ko‘ra 45 ochko bilan “Bavariya”dan so‘ng 2-o‘rinda bormoqda. Ushbu o‘yinlarda “RB Leyptsig” raqiblari darvozasiga 56 ta gol urdi va o‘z darvozasidan 25 ta gol o‘tkazib yubordi.

ver

“RB Leyptsig” klubi oxirgi o‘yinlarda xuddi “Tottenxem” kabi barqaror o‘yin ko‘rsata olmayapti. Goh mag‘lubiyat, goh durang va goh g‘alabalar qayd etmoqda. Jamoa uzoq muddat Bundesligada peshqadamlik qilgan bo‘lsada, so‘nggi natijalar sabab 2-o‘ringa tushib ketdi.

Qayd etish lozimki, “RB Leyptsig” Chempionlar ligasining guruh bosqichida “G” guruhida “Lion”, “Benfika” va “Zenit” jamoalari bilan kurash olib bordi va yakunda 11 ochko to‘plab, 1-o‘rinni egalladi.

g_1

“RB Leyptsig”ning so‘nggi 5 ta o‘yindagi natijalari:

“Ayntraxt” – “RB Leyptsig” 2:0

“RB Leyptsig” – “Borussiya M” 2:2

“Ayntraxt” – “RB Leyptsig” 3:1

“Bavariya” – “RB Leyptsig” 0:0

“RB Leyptsig” – “Verder” 3:0

“Tottenxem”ning ham, “RB Leyptsig”ning ham o‘yinida barqarorlik yo‘qolganini inobatga olib, ushbu o‘yinda imkoniyatlar teng deb aytish mumkin. Mutaxassislar ham ushbu bahsda kuchlar teng ekanligini aytishmoqda.

So‘nggi o‘yinlarda ikkala jamoaning ham raqiblari darvozasiga ko‘proq gol urayotgani va hujumdagi sermahsulligini hisobga olib, bugun Londonda har ikkala darvozaga ham gol urilishi ehtimoli katta deyish mumkin.

9_1

Eslatib o‘tamiz, “Tottenxem” – “RB Leyptsig” uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi. Javob bahsi esa 11 mart kuni Germaniyada bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!