"Tottenxem"ga qarshi o‘yin oldidan "Liverpul"da bir yaxshi va bir yomon xabar bor

  • 28.05.2019 16:00
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning "Liverpul" klubi yarim himoyachisi Nabi Keyta Evropa chempionlar ligasi finalini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Sky Sports xabar berdi. 

Manbaning yozishicha, xavbek EChL yarim final "Barselona"ga qarshi javob bahsida jarohat olgandi. Shu bois "Totenxem"ga qarshi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi. Ammo Roberto Firmino jarohatidan forig‘ bo‘lgan va mashg‘ulotlarda ishlamoqda. Unga jamoa shifokorlari qo‘ldan kelgancha yordam berishmoqda. Qolaversa, Yurgen Klopp ham Firmino maydonga tushishi mumkinligini inkor etmadi.

Eslatib o‘tamiz, EChL "Tottenxem" - "Liverpul" ishtirokidagi final 1 iyun kuni Toshkent vaqti bilan 00:00da start oladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!