
"Tottenxem"ning yangi murabbiyi: "Biz Chempionlar ligasini yutishimiz mumkin"
"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank klub oldidagi katta maqsadlar haqida gapirdi. Joriy yozda Anje Postekogluning o‘rniga kelgan mutaxassis prezident Daniel Levining so‘zlarini qo‘llab-quvvatladi.
Frank shunday dedi:
"Men prezidentning fikrlarga to‘liq qo‘shilaman – bunday darajadagi klubda shunday maqsadlar bo‘lishi shart. Hozir bu maqsadlardan qay darajada yiroq ekanimizni aniq aytish qiyin. Ammo biz faqat oldinga qarab, katta yutuqlarga intilishimiz kerak."
Bosh murabbiy nega bunday intervyu berdi?
Sababi, prezident Levi Evropa ligasidagi g‘alabani etarli emas, deb hisoblaydi va Premer-liga hamda Chempionlar ligasida yutishni maqsad qilib qo‘yganini ochiq aytgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda "shporlar" APLni 17-o‘rinda yakunlagandi.
Fikrlar