Totti "Roma"ga yangi bosh murabbiy topib qo‘ydi

  • 2 aprel, 2019, 15:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rimning "Roma" klubi afsonasi Franchesko Totti jamoaning texnik direktori lavozimida ishlamoqchi. Football Italia nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 42 yoshli sobiq futbolchi ushbu lavozimni egallashga da’vogarlik qilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, Totti “bo‘rilarning” sobiq sport direktori Ramon Monchining yordamchisi sifatida ishlab kelayotgan edi. Agar Totti “Roma”ning texnik direktori lavozimiga tayinlansa, u Daniele de Rossini jamoaga bosh murabbiy qilmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, 35 yoshli De Rossining “Roma” bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunlangach o‘z nihoyasiga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!