Traore uchun Evropa grandlari kurash boshladi

  • 15.02.2020 21:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Vulverxempton" yarim himoyachisi Adam Traore Evropa grandlarining e’tibor markaziga tushib qoldi. Bu haqda Birmingham Live nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 24 yoshli futbolchining xizmatlariga "Real", "Liverpul", “Barselona” va "Manchester Siti" klublari jiddiy qiziqib qolgan. Ushbu jamoalar Traoreni mavsumlar oralig‘ida tarkibga jalb etishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Traore joriy mavsum APLda jami 25 ta o‘yinda maydonga tushdi va 4 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!