Tripperni yana APLga qaytarishmoqchi
"Atletiko" himoyachisi Kiran Tripper yana Angliyaga qaytishi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli futbolchiga "Aston Villa"dan jiddiy qiziqish bo‘lmoqda. Birmingemliklar ustozi Din Smit Tripperni jamoaning asosiy transfer nishoni sifatida baholamoqda. O‘z navbatida, “matraschilar” Kiranni 20 mln evro evaziga qo‘yib yuborishga tayyor.
Tripper “Atletiko” safiga 2019 yil “Tottenxem”dan ko‘chib o‘tgan edi. U o‘tgan davr mobaynida madridliklar safida 33 ta o‘yinda maydonga tushdi va 5 ta golga assistentlik qildi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.



Fikrlar