Troy Dini: "Isak Shirer yo‘lini takrorlashi shart emas"

  • 25 avgust, 20:31
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Nyukasl" hujumchisi Aleksander Isak "Liverpul" taklif etgan 110 million evro + bonuslarga qaramay sotilmadi. Shvetsiyalik forvard esa klub bilan kelishilgan va’da buzilganini aytdi, mashg‘ulotlarda ishtirok etmasdan, maydonga chiqishdan ham bosh tortmoqda.

Tecno

"Ushbu vaziyatda Isak Zlatan Ibragimovichni o‘ylaydi. Shvetsiyaning eng mashhur futbolchisi turli mamlakatlarda chempion bo‘lgan, katta transferlar uchun klublar bilan tortishishdan ham qochmagan va tarixda buyuk futbolchi sifatida qolgan.

Isak ham: "Men "Nyukasl"da qahramon bo‘lishim mumkin, ammo Zlatan darajasiga chiqamanmi? Yo‘q. Buyuklar qatoriga kirish uchun katta klublarda titullar yutish kerak", – deb o‘ylashi tabiiy.

"Nyukasl"da u allaqachon tarix yaratdi – 70 yil ichida birinchi katta sovrin bo‘lgan Kubokni qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynadi. Alan Shirer yoki Piter Birdsli kabi afsonalar ham bunga erisha olmagan.

Isak qo‘lida Kubok bilan tushgan suratlar tarixda qoladi. Fanatlar nafrati bunga ta’sir qila olmaydi. Hatto, u Shirerning gol rekordlarini yangilagan taqdirda ham bu "Liverpul" bilan yutish mumkin bo‘lgan sovrinlarga teng kelmaydi.

Oqilona muxlislar esa oxirida shunday deyishadi: "Biz 90 million evro qaytarib oldik, u esa 23 gol urdi, klubni Chempionlar ligasiga olib chiqdi va Kubok sovg‘a qildi. Bu etarlicha mustahkam meros", – dedi "Uotford"ning sobiq hujumchisi Troy Dini.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!