
Tsarukyan: "Keyingisi menman, mendan qochishga urinma!"
Engil vazn tofiasi vakili Arman Tsarukyan divizion chempioni Islam Maxachevni Dastin Pore ustidan qozonilgan g‘alabasi bilan tabrikladi.
"Tabriklayman Islam! Lekin keyingi raqibing menman va boshqa vaznga qochishga urinma. Barcha da’vogarlarni yo‘ldan olib tashladim, endi mening navbatim", - deb yozdi Arman Tsarukyan ijtimoiy tarmoqlarda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Islam Maxachev beshinchi raundda Dastin Poreni bo‘g‘ib qo‘ydi va engil vazn toifasi chempionligini himoya qilgandi.
Ma’lumot o‘rnida, Islam va Arman 2019 yilda ilk marta to‘qnash kelgan hamda unda Maxachev ochkolar hisobiga ko‘ra g‘alaba qozongandi.
Fikrlar