
TsSKA 30 ta o‘yinda 40 ta gol urgan vunderkind bilan shartnoma imzoladi
O‘tgan mavsumda YuFL-2 doirasida "Vityaz" uchun 30 o‘yinda 40 ta gol urgan va 13 ta uzatma amalga oshirgan futbolchi TsSKA bilan shartnoma imzoladi.
Roland Shiveobi 2008 yil 19 mayda tug‘ilgan. U Chertanovo, "Krasnogvardeets" hamda "Vityaz" kabi klublarda to‘p tepgan.
2024 yilgi YuFL g‘oliblari safida futbolchi mazkur turnirning eng yaxshi to‘purari sifatida tan olingan.
Fikrlar