TsSKA durang o‘ynadi, "Rubin" esa minimal hisobda engildi. Legionerlarimizchi?
Rossiya kubogi guruh bosqich doirasidigi "Rubin" - "Zenit" hamda TsSKA - "Pari Nijniy Novgorod" bahslari bo‘lib o‘tdi.
TsSKA o‘z uyida 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Legionerimiz Abbosbek Fayzullaev asosiy tarkibda maydonga tushib, 87-daqiqaga zaxiraga olindi.
"Rubin" esa minimal hisobda mag‘lubiyatga uchradi. Rustam Ashurmatov ilk daqiqalardan maydonga tushib, 33-daqiqada sariq kartochka oldi. Legionerimiz ikkinchi bo‘limda zaxiraga olindi. Yana bir o‘zbekistonlik futbolchi Umarali Rahmonaliev ham boshlang‘ich tarkibda maydonga tushib, mavsumdagi debyut bellashuvida to‘liq 90 daqiqa harakat qildi.

Fikrlar