TsSKA o‘zbek jamoasi bilan qachon o‘ynashini e’lon qildi

  • 10.01.2024 17:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Moskvaning TsSKA klubi qishki o‘quv-mashg‘ulotlarini asosan Turkiyada o‘tkazadigan bo‘ldi.

Klubning rasmiy saytida Vladimir Fedotov shogirdlari qaysi jamoalar bilan o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushishi haqida ma’lumot tarqatildi.

Unga ko‘ra, TsSKA yig‘in davomida “Torpedo”, “Andijon”, “Sochi”, “Rodina”, “Ximki”, “Dinamo Moskva” bilan sinov-nazorat uchrashuvini tashkil qiladi.

“Andijon” o‘rtoqlik bahsi o‘tkaziladigan yagona xorijiy klub  hisoblanadi. Bu bellashuv 1 fevralga belgilangan.

TsSKAdagi legionerimiz Abbosbek Fayzullaev O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan Osiyo chempionatida qatnashishi sababli klub yig‘inlarining katta qismini o‘tkazib yuboradi.

 

 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!