“TsSKA”ni to‘xtatishga urinib ko‘rishmoqchi
Mintaqaviy xokkey ligasida qiziqarli uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
“Admiral” va “Yugra” bahsining birinchi va ikkinchi bo‘limlarida hisob 1:1 ko‘rinishida edi. Ushbu natijadan qoniqmagan mezbonlar so‘nggi bo‘limda bor e’tiborlarini hujumga qaratdilar va raqib darvozasiga yana bir bor shaybani joyladilar. Hisob 2:1. “Amur” esa “Baris”ni qabul qilib 3:1 hisobida zafar quchdi.
Bugun liganing “SKA” – “Kunlun”, “Vityaz” – Lada, “Yokerit” – “Traktor”, “Dinamo Minsk” – “Lokomotiv”, “TsSKA” – “Avtomobilist”, “Slovan” – “Metallurg Mg” jamoalari o‘rtasidagi o‘yinlar keskin va murosasiz bahslarga boy o‘tishi kutilmoqda.
Fikrlar