Tudor: "Jamoa bilan birga, "Siti"ga qarshi uchrashuv uchun jiddiy tayyorgarlik ko‘rdik"

  • 26 iyun, 14:37
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus" bosh murabbiyi Igor Tudor "Manchester Siti"ga qarshi o‘yindan oldin o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Bu ajoyib o‘yin bo‘ladi. Biz g‘alaba qozonish uchun maydonga chiqamiz. Hech kim durang o‘ynash niyatida emas. Bu erdagi havo ikkala jamoaga xam ta’sir ko‘rsatadi. Biz ba’zi o‘zgarishlar kiritamiz, futbolchilar bu o‘yinga jiddiy tayyorlanishdi. Shu bilan birga, jamoamiz bilan bu kurashda g‘alaba qozonishni maqsad qilganmiz. Umid qilamanki, yigitlar ertangi bellashuvda o‘zini ko‘rsatadi.

"Siti" yillar davomida futbolda hukmronlik qilgan jamoa. U erda dunyoning eng yaxshi murabbiyi ishlaydi. Ertangi o‘yinda bor kuchimizni sarflaymiz va oxirida qanday natija bo‘lishini ko‘ramiz", -  dedi xorvatiyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, bu jamoalar ishtirokidagi uchrashuv 26 iyundan 27 iyunga o‘tar kechasi soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!