Turg‘unboev Turkiya chempionatiga yo‘l oldi

  • 08.02.2024 15:20
  • Suhrob Xolbekov
  • 2
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Osiyo kubogidan keyin legionerlarimiz soni ko‘payishda davom etadi. Navbat sobiq "Paxtakor" futbolchisi Azizbek Turg‘unboevga. Turkiyaning "Sivaspor" klubi uni o‘z tarkibiga qo‘shib olishga juda yaqin turibdi. 

Sports.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, vinger sivasliklar bilan 1,5 yillik shartnoma imzolaydi. Transfer esa keyingi 24 soat ichida e’lon qilinishi kutilmoqda. Futbolchi allaqachon Turkiyaga jo‘nab ketgan. 

Avvalroq Turg‘unboevni O‘zbekistonning bir nechta jamoalari o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgani borasida mish-mishlar tarqalgandi. U yakuniga etagn mavsum "sherlar" tarkibida 35 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta golda ishtirok etgan. 

29 yoshli futbolchi Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo kubogida ham o‘zini ko‘rsata oldi. Dastlab, u Avstraliyaga qarshi o‘yinda hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, nimchorak finalda Tailand darvozasini ishg‘ol qilgandi. Shu bilan birga, Turg‘unboev Avstraliyaga gol urgan ilk o‘zbekistonlik futbolchiga ham aylandi.  

IMG_1962.jpg

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
АЛИ
08/02/2024 21:49
Омадингни Беринг жияним
&
Dili
08/02/2024 18:24
Омадини берсин