
Turk nashri: Aslida Evro-2024 mezbonligi Turkiyaga nasib etishi kerak edi, chunki...
Xabaringiz bor kecha UEFA ijroqo‘mi 2024 yilgi Evropa chempionatiga mezbonlik qiluvchi mamlakat nomini e’lon qildi.
Unga ko‘ra Germaniya ovoz berish yakunlariga ko‘ra Turkiyani ortda qoldirib, musobaqa mezbonligini qo‘lga kiritdi. Aniqrog‘i, ovoz berish jarayonida 12ta a’zo nemislarni tanlagan bo‘lsa, yana 4tasi turklarni qo‘llab-quvvatlagan. Bittasi esa betaraf bo‘lgan.
Turkiyaning Milliyet nashri tarqatgan xabarga ko‘ra ovoz berish jarayonlaridan oldin UEFA ijroqo‘mining 9ta a’zosi Turkiyaga ovoz berishni rejalashtirgan. Agar vaziyat shunday yakunlanganida 9:7 hisobida mezbonlik turklarga nasib etar edi.
Biroq, UEFA prezidenti Aleksander Cheferin yakunda ularning 5tasini Germaniya uchun ovoz berishga ko‘ndirgan va natijada mezbonlik aynan nemislarga nasib etdi.
Fikrlar