"Turkish Open". Vakillarimiz 3 ta medalga ega chiqdi!
7-13 fevral kunlari Turkiyada "Turkish Open" xalqaro musobaqasi o‘tkazildi. Dastlab pumsechilar, so‘ngra kadetlar va o‘smirlar o‘rtasida musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Turnirning so‘nggi ikki kunida kattalar toifasida g‘oliblar aniqlandi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari ushbu musobaqada 2ta kumush va 1ta bronza medallariga ega chiqishdi. 68 kg vazn toifasida Najmiddin Qosimxojiev besh nafar raqibini mag‘lub etib, finalga qadar etib bordi. Hal qiluvchi bahsda koreyalik sportchiga omad kulib boqdi.
80 kg vazn toifasida Shuhrat Salaev esa uch nafar raqibni taslim qilib finalga chiqdi. Finalda polshalik taekvondochiga kichik hisobda imkoniyat boy berildi.
+87 kg vazn toifasida esa Shohruh Rajabov ikki raqibdan ustun kelib yarim finalga qadar bordi. Afsuski, final ostonasida ozarbayjonlik sportchiga imkoniyatni boy berdi.
"Turkish Open" musobaqasi sovrindorlari:
Kumush
68 kg - Najmiddin Qosimxojiev
80 kg - Shuhrat Salaev
Bronza
+87 kg - Shohruh Rajabov
O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi matbuot xizmati



Fikrlar