Turkiya klubi Asensio transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi

  • 10 iyul, 17:24
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJning hujumkor yarim himoyachisi Marko Asensio faoliyatini "Fenerbaxche"da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Santi Aunaning ma’lumotlariga ko‘ra, turk grandi PSJ bilan 29 yoshli ispaniyalik futbolchining transferi bo‘yicha kelishuvga erishgan. Biroq, "Fenerbaxche" futbolchining o‘zi bilan hali kelishuvga erisha olmagani ta’kidlanmoqda.

Asensio 2023 yilda PSJ tarkibiga qo‘shilgan, ammo jamoada o‘z o‘rnini mustahkamlay olmagan. O‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini u "Aston Villa"da ijara asosida o‘tkazgan.

Angliya jamoasi safida yarim himoyachi 21 ta o‘yinda ishtirok etib, 8 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali Asensioning transferi qiymatini 20 million evroga baholamoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!