Turkiya Superligasi. "Karagyumryuk" Istanbulda durang o‘ynadi. Otabek Shukurov esa...

  • 18 sentabr, 2022, 22:07
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

18 sentyabr kuni Istanbulda Turkiya Superligasining 7-turidan o‘rin olgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi: Istanbulning “Bashakshexir” klubi o‘z maydonida “Fotih Karagyumryuk”ni qabul qildi. Uchrashuv nursiz durang bilan yakunlandi - 0:0.

“Karagyumryuk”ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek Shukurov o‘yinning asosiy tarkibida maydonga tushib, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqada qizil kartochka oldi. Legionerimiz o‘yinning 67-daqiqasida dastlabki sariq kartochkasini olgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada ikkinchi bor ogohlantirildi

Shu tariqa, “Bashakshexir” 14 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o‘rinda bormoqda. Andrea Pirlo bosh murabbiyligidagi "Karagyumryuk" hisobida 6 ochko bor va ular ayni paytda 13-o‘rinni egallab turibdi.

Turkiya Superligasi, 7-tur

"Istanbul Bashakshexir" - "Karagyumryuk" 0:0

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!