Turkiya Superligasi. Otabek Shukurov to‘liq o‘ynagan bahsda "Karagyumryuk" mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

  • 11 sentabr, 2022, 03:30
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya Superligasining 6-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Fotih Karagyumryuk” o‘z maydonida “Giresunspor” bilan durang o‘ynadi.

Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Mehmonlar 75-daqiqada hujumchi Riad Bayichning sa’y-harakatlari evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Bellashuv yakunlanishiga bir necha daqiqa qolganda, aniqrog‘i  90+2-daqiqada Mbaye Dyanning maydon egalarini mag‘lubiyatdan qutqarib qoluvchi gol muallifiga aylandi.

"Fotih Karagyumryuk"ning o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Otabek Shukurov uchrashuvni to‘liq o‘ynadi. 

Andrea Pirlo shogirdlari 5 o‘yinda 5 ochko jamg‘arib, turnir jadvalida 14-o‘rinni egallab turibdi. “Giresunspor” esa 7 ochko bilan 10-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!