
Turkiya Superligasi. Sobiq sovet mamlakatlari futbolchilari ichida eng qimmat futbolchilar reytingi. Shukurov ikkinchi, Aliqulov esa... (foto)
Taniqli "Transfermarkt" portali Turkiya Superligasida harakat qilayotgan eng qimmat sobiq sovet mamlakatlari futbolchilari ro‘yxatini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, birinchi pog‘onadan qozog‘istonlik Baxtiyor Zaynutdinov joy oldi. Uning narxi 6,5 million evroga baholangan.
Ikkinchi o‘rin hamyurtimiz Otabek Shukurovga nasib etdi. Uning narxi 2,5 million evroga teng. Kuchli uchlikka transfer qiymati 1,6 million evroga baholangan Ozarbayjon vakili Renat Dadashov yakun yasab berdi.
Yana bir yurtdoshimiz Husniddin Aliqulovni to‘rtinchi o‘rinda ko‘rishimiz mumkin. Uning transfer narxini "Transfermarkt" portali 1,2 million evroga baholagan.
Fikrlar