Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan "Dinamo" so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

  • 6 fevral, 2022, 21:22
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga yangi mavsumiga Turkiyada tayyorgarlik ko‘rayotgan “Dinamo” jamoasi xorij yig‘ini doirasidagi dastlabki uchrashuvida maydonga tushdi.

Tecno

Bugungi bahsda Samarqand klubiga Ukrainaning “Levyy bereg” klubi sparring-raqiblik qildi. Side shaharchasida o‘tgan o‘yinni hujumkor boshlagan “dinamochilar” 3-daqiqadayoq hisobni ochishdi. Ukrainalik legioner Evgeniy Chumak zarbasi bilan hamyurtlari darvozasini ishg‘ol etdi – 1:0.

Ikkinchi bo‘limda esa murabbiylar shtabi tarkibda bir qator o‘zgarishlar qildi. Raqib jamoa o‘yinning 88-daqiqasiga kelib hisobni tenglashtirishga erishdi – 1:1. Shu tariqa, “Dinamo” Turkiyadagi birinchi o‘yinida durang qayd etdi.

O‘rtoqlik o‘yini. 6 fevral (yakshanba)

"Dinamo" - "Levyy bereg" (Ukraina) – 1:1

Gollar: Evgeniy Chumak (3) – Petrenko (88).

“Dinamo”ning boshlang‘ich tarkibi: Miloe Prekovich, Jo‘rabek Mannonov, Mixaylo Yovanovich, Jasur Jumaev, Saydullo Rahmatov, Abdujamol Isroilov, Temur Ismoilov, Shohmalik Komilov, To‘lqin Ergashev, Evgeniy Chumak, Faxriddin Alimov.

“Dinamo” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!