"Turon" o‘zi uchun muhim transferni hal qildi. Aytishlaricha, yangi legioner Serbiyaning eng yaxshi to‘purarlaridan biri ekan (foto)

  • 15 fevral, 2023, 11:12
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Turon” klubi transfer oynasi yopilishiga yaqin o‘zi uchun muhim transferni hal qildi.

Gap shundaki, serbiyalik 35 yoshli tajribali hujumchi Milan Boyovich “Turon” klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu xususida futbolchining agenti Sports.uz muxbiri Shuhratbek Jo‘raevga ma’lum qildi.

milan

Qolaversa, Boyovich bilan shartnoma imzolangani haqida uning agenti tomonidan o‘zining instagramdagi sahifasida ham e’lon qildi.

Serbiyalik hujumchi faoliyati davomida shu kungacha 150 ziyod gollarga mualliflik qilgan. Serbiyada “Radnichki Stobeks”, “Srem”, “Teleoptik”, “Chukarichki”, “Yagodina”, “Voyvodina”, “Radnichki Nish” va “Mladost” kabi klublar sharafini himoya qilgan.

milan1

Shuningdek, Gretsiyada “Panetolikos” hamda “Larisa”, Isroilda “Bney Saxnin”, Qozog‘istonda esa “Qaysar” bilan “Jetisu” tarkibida o‘ynagan. 2019 yildan beri Serbiya chempionatida “Mlados” uchun to‘p surib kelgan va u erda 91 ta uchrashuvda raqiblar darvozasiga 45 ta gol urgan.

Aytishlaricha, Boyovich Serbiya tarixidagi eng yaxshi to‘purarlardan biri ekan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgoy
15/02/2023 11:54
Кариганда келибдида. Партизан Црвена Звездада уйнамаган булса дахшат эмас.