
"Turon" "So‘g‘diyona"ga qarshi bahsda imkoniyatni boy berdi
Pro liga ishtirokchisi “Turon” jamoasi Toshkentdagi yig‘inini boshlagan. U erda o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, bugun rejaga ko‘ra yaypanliklar Jizzaxning “So‘g‘diyona” jamoasiga qarshi maydonga tushishdi. Mazkur bahsda Anvar Berdiev boshchiligidagi “Turon” yagona gol evaziga raqibiga yutqazdi.
“Turon”ning asosiy tarkibi: Akmal Tursunboev, Xushnudbek Avilov, Bobur Qosimov, G‘olibbek Sariboev, Mirzohid Mirzamahmudov, Abdug‘ani Kamolov, Abdulazizxon Abdurashidov, A’zam Aliev, Sardor Abduraimov, Xumoyun Murtozaev, Rustamxon Azimov.
Fikrlar