
Tuxel "Bavariya" bilan kelisha olmadi
So‘nggi kunlarda Tomas Tuxelning "Bavariya"da qolish ehtimoli ortib borayotgandi, lekin u rahbariyat bilan kelisha olmadi.
Fabritsio Romanoga ko‘ra, germaniyalik mutaxassis kamida 2025 yilgacha amal qiladigan shartnoma istagandi. Ammo klub uni yana bir yil qolishini istadi. Bu esa Tomasga yoqmagan.
Muzokaralar o‘z nihoyasiga etdi va Tuxel jamoani tark etishga qaror qildi. U tezroq ishga qaytishni istaydi. Ayni paytda "Manchester Yunayted" varianti 50 yoshli murabbiyga ma’qul bo‘lib turgani haqida mish-mishlar chiqmoqda.
Fikrlar