
Tuxel: "Biz barcha kuboklarni qo‘lga kirita olamiz"
"Bavariya" yangi bosh murabbiy Tomas Tuxelni tanishtirish marosimini o‘tkazdi. Germaniyalik mutaxassis jamoa haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bavariya"da ishlash men uchun katta sharaf. Ishonch uchun Salimaxijich, Kan, Xayner va Gerbetga minnatdorchilik bildiraman. Bu katta ma’suliyat. Endi oilamga yaqin va o‘zim tug‘ilgan shtatda ishlashim uchun shaxsiy sabab ham bor. Meni tezda taklifni qabul qilishimga sabablar etarli".
"Bavariya"ning DNKsida doimo g‘alaba qozonish bor va uslubimiz ham o‘xshash. Bu jamoa Evropaning eng iqtidorli va yaxshi klublaridan biri hisoblanadi. Men bu yigitlar bilan ishlashni intiqlik bilan kutmoqdaman. Bunaqa tartibli jamoa bilan chempion bo‘lishingiz mumkin".
"Men ushbu taklifni kutmagan edim. Oldindan hech qanday aloqa yo‘q edi. Faoliyatimni boshqa joyda, ya’ni xorijda davom ettiraman deb o‘ylagan edim. Ular menga Seshanba kuni aloqaga chiqdi. Muammoning kattaligi mening roziligimga asosiy omil bo‘ldi".
"Yulian jamoa bilan har uchala musobaqada ham zafar quchish imkonini yaratib ketdi. Endi biz bundan foydalanishimiz kerak. Albatta mazkur ishni amalga oshirish qiyin, lekin biz bosim va stressni yaxshi ko‘ramiz"- dedi Tuxel.
Ma’lumot uchun, Tomasning debyuti Bundesliga doirasida bo‘lib o‘tadigan "Borussiya"ga qarshi o‘yinga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar