Tuxel “Chelsi”ga zo‘r hujumchi olib kelmoqchi

  • 23 avgust, 2022, 13:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yozgi transferlar mavsumi yakunlanib borayotganiga qaramay, “Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘z jamoasiga zo‘r hujumchi olib kelmoqchi.

Football.London nashrining ma’lum qilishicha, germaniyalik mutaxassis asosiy nishon sifatida “Milan” hujumchisi Rafael Leauni tanlagan.

“Aristokratlar” portugaliyalik forvard transferiga o‘z o‘yinchilaridan birini qo‘shish orqali narxni pasaytirmoqchi. Chunki Leauning transfer summasi 70 million evroni tashkil qilmoqda.

23 yoshli futbolchi “Sporting” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2018 yili erkin agent sifatida “Lill”ga ko‘chib o‘tgan. Frantsiyaliklar bir yildan keyin iste’dodli futbolchini 29,5 million evro evaziga “Milan”ga transfer qilgandi.

Leau faoliyati davomida klublar miqyosida jami 171 ta uchrashuvda qatnashib,  50 ta gol va 28 ta assist muallifi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!