Tuxel meni baribir o‘ynatmaydi, “Chelsi”dan ketaman!

  • 18 dekabr, 2021, 19:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Chelsi”ning hujumkor futbolchisi Hakim Ziesh Tomas Tuxel boshchiligidagi murabbiylar shtabidan norozi bo‘lmoqda.

Tecno

Futbolchi etarli darajada o‘yin vaqti berilmayapti, degan iddaoni bildirdi. Bundan tashqari, Hakimga Tomas Tuxel uni o‘ynatayotgan pozitsiya va maydondagi vazifalar ham to‘g‘ri kelmayapti.

Ziesh agar bosh murabbiy uni odatdagi joyiga qo‘ysa, bundan kuchli o‘yin namoyish qilishi va jamoaga katta foyda keltira olishini ta’kidladi.

Marokashlik o‘yinchi klub rahbariyatidan o‘zini qo‘yib yuborishni so‘rayapti. Rahbariyat esa iste’dodli ijrochidan butunlay ayrilib qolishni istamaydi.

Manbalarning ta’kidlashicha, Hakim Ziesh yanvarda ijaraga yuborilishi mumkin. Unga anchadan beri “Borussiya” og‘iz solayotganini inobatga olib, marokashlik futbolchi mavsumning ikkinchi yarmini Dortmund klubida boshlashi kutilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!