Tuxel: Neymar borasida yangilik yo‘q
PSJ klubi bosh murabbiyi Tomas Tuxel braziliyalik xujumchi Neymar borasida fikr bildirdi.
"Neymar juda ko‘p jarohatlar oldi. U hozir sport formasini tiklashi lozim. Shuning uchun biz unga yolg‘iz mashg‘ulotlar o‘tashiga imkon berdik. Uning kelajagi borasida menda sizga berish uchun ma’lumot yo‘q. Neymar bizning futbolchilarimizdan biri. Bu boradagi savollarni jamoa rahbarlari va Neymarning o‘ziga berganingiz ma’qul. Xech qanday yangilik yo‘q," - dedi Tuxel.
Oldinroq, 27 yoshli forvard Parij jamoasini tark etishi borasida ma’lumotlar tarqagan. U "Barselona"ga qaytishi mumkinligi va "Real", "Yuventus", "Bavariya", "Manchester Yunayted" klublariga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar bong urmoqda.
Manba: L'Equipe.

Fikrlar