Tuxel o‘rniga Angliya terma jamoasi uchun ikki nomzod topildi

  • 19.07.2026 15:57
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

79 yoshli ingliz murabbiyi Garri Rednapp Angliya terma jamoasi bosh murabbiyligiga Tomas Tuxel o‘rniga ikki nomzodni taklif qildi. Jahon chempionatida inglizlar bronza medalini qo‘lga kiritdi. Tuxel jamoasi uchinchi o‘rin uchun bahsda Fransiyani 6:4 hisobida mag‘lub etdi.

- Eddi Xau yoki Frenk Lempard kabi murabbiylar bor, ular Angliya terma jamoasini qabul qilib olish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin. 

Ishonchim komilki, ular ham kamida Tomas Tuxel kabi natija ko‘rsata oladi. Keling, o‘zimizni aldamaylik. U bizni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqqani yo‘q. Aslida hech narsa o‘zgarmadi. Finalga chiqa olmadik, — dedi Rednapp.

Tomas Tuxel 2025 yildan beri Angliya terma jamoasini boshqarib kelmoqda. Jahon chempionatida qo‘lga kiritilgan uchinchi o‘rin 1966 yildan buyongi eng yuqori natija hisoblanadi. O‘shanda inglizlar jahon chempioni bo‘lishgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!