
U-17 ayollar terma jamoamiz halqaro musobaqadagi 2-o‘yinda ham g‘alaba qozondi
Mo‘g‘ulistonda bo‘lib o‘tayotgan halqaro musobaqa doirasida O‘zbekiston U-17 ayollar terma jamoamiz malayziyalik tengqurlariga qarshi bahs olib bordi. Unda vakilalarimiz 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi ikkala golga ham Leyla Oraniyozova mualliflik qildi.
Shu tariqa, hamyurtlarimiz mazkur musobaqa doirasidagi ikkinchi uchrashuvda ham zafar quchdi. Dastlabki bahsda mezbon Mo‘g‘uliston terma jamoasi 8:1 hisobida mag‘lub etilgandi.
Fikrlar