U-17 Jahon chempionati kashfiyoti Evropaga yo‘l olmoqda

  • 16 dekabr, 2023, 22:01
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida Argentina yoshlari yarim finalgacha etib keldi. Final oldidan janubiy amerikaliklar Germaniyaga penaltilar seriyasida taslim bo‘lib, 3-o‘rin uchun kurashda Maliga ham yutqazgandi. Turnirning chorak finalida Braziliyaga qarshi o‘yinda 3 bor o‘z tengqurlarini ranjitgan Klaudio Echeverri 2024 yilda Evropaning top klublaridan biriga o‘tishi mumkin. 

Tecno

Echeverri uchun kurashda 3 ta klub nomi tilga olinmoqda. Bular "Chelsi", "Manchester Siti" va "Barselona". Futbolchining tovon puli 25 million evro, lekin kataloniyaliklar u uchun 30 million evro to‘lashga tayyor ekanligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, "River Pleyt"dan rad javobini ham oldi. Sababi, "Barsa" to‘lovni bo‘lib-bo‘lib amalga oshirmoqchi. Bu esa argentinaliklarga to‘g‘ri kelmadi va ispan grandiga yo‘q, dedi. Hozircha "ko‘k-anorranglilar"ning keyingi harakati ma’lum emas, ya’ni ular yangi taklif jo‘natadimi, yo‘qmi bu haqda ma’lumotlar yo‘q. 

WATCH: Lionel Messi regen? Argentina U17 starlet Claudio Echeverri  recreates cool finish - in famous No.10 shirt - to score first Albiceleste  hat-trick against Brazil since Inter Miami star in 2012 |

Yarim himoyachining o‘zi avvalroq "Barselona"ga o‘tishga qarshi emasligini, o‘zi Lionel Messining muxlisiligini aytgandi. Xavi ham matbuot anjumanida Klaudio ajoyib futbolchi ekanligini ta’kidladi. Umuman olganda, 17 yoshli o‘yinchi bilan kelishib olish kataloniyaliklar uchun muammo bo‘lmasligi mumkin, lekin "River Pleyt" bilan muzokaralar oson kechmaydi. Sababi, klub faqat naqd pul xohlamoqda, "Barsa" esa bunday imkoniyatga ega emas. 

He was a talented player” - Argentine talent Claudio Echeverri admits he is  'nowhere near' Lionel Messi, picks better comparison

Kurashda "Manchester Siti" va "Chelsi" ham bor. Ikkala klub Echeverrini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ammo hali rasmiy taklif yuborishmadi. Futbolchini bu qishki transferlar oynasida qaysidir Evropa klubi sotib olishi bilanoq, yangi jamoasi tarkibiga borib qo‘shila oladi. U 2006 yil 2 yanvarda tug‘ilgan, ya’ni futbolchi bu vaqtda 18 yoshga to‘lgan bo‘ladi va qonun bo‘yicha Evropa klubida o‘ynash imkoniyatga ega bo‘ladi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!