U-17 Jahon chempionatining yana ikkita bahsiga o‘zbekistonlik hakamlar tayinlandi
O‘zbekistonlik hakamlar U-17 jahon chempionatida faoliyatini davom ettiradi. Vakillarimiz mundialning quyidagi uchrashuvlarida ishlashadi.
Bugun, Angliya — Venesuela uchrashuvida:
Rustam Lutfullin — zaxira hakami
Sanjar Shoyusupov — 5-hakam sifatida faoliyat olib boradi.
5 noyabr kuni, Frantsiya — Chili o‘yini:
Rustam Lutfullin — zaxira hakami
Akmal G‘iyosov — 5-hakam sifatida ishlaydi.
Ma’lumot uchun, chempionat joriy yilning 3–27 noyabr kunlari oralig‘ida bo‘lib o‘tadi.



Fikrlar