U-17 JCh. Braziliya so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga Marokashni taslim etdi

  • 21.11.2025 22:59
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘smirlar o‘rtasida o‘rtayotgan Jahon chempionatining chorak finalidan o‘rin olgan so‘nggi to‘qnashuv ham yakunlandi. 
 
O‘tgan bosqichda Frantsiyani turnirdan chiqarib yuborgan Braziliya terma jamoasi bu bosqichda Marokashni qiyinchilik bilan mag‘lubiyatga uchratdi (2:1). 
 
Dastlab, Braziliya futbolchisi hisoblangan Dell 16-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 45+4-daqiqada esa Ziyad Baxa hisobni tenglashtirdi va tanaffusga jamoasini durang bilan chiqishini ta’minladi. 90+5-daqiqaga kelib esa Dell yana bir golni o‘z hisobiga yozdirib qo‘yib, Braziliyaning g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi. 
 
Eslatib o‘tamiz, Braziliya terma jamoasi kelasi bosqichda Portugaliya bilan to‘qnash keladi.

Tecno

  • World - U17 Jahon chempionati
  • Chorak final
268459.png

Morocco U17

  • Ziyad Baha 45'
Tugadi
1 : 2

21.11.2025 20:45

128622.png

Brazil U17

  • Dell 16'
  • Dell 90'

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!