
U-17 JCh. Keskin va shiddatli o‘tgan o‘yinda O‘zbekiston Angliyani mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi
17 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionati nimchorak finalidan o‘rin olgan Angliya - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv vakillarimizning 2:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, vakillarimiz 4-daqiqadayoq Amirbek Saidov tezkor gol urib hisobni ochdi. 35-daqiqada Joel Ndala hisobni tenglashtirdi. Birinchi bo‘lim shu tariqa yakunlandi.
Ikkinchi taymni ketma-ket hujumlar bilan boshlagan O‘zbekiston 67-daqiqada yana oldinga chiqib oldi. Lazizbek Mirzaev jarima zarbasidan super gol kiritdi.
Shu tariqa, Rahmatulaev shogirdlari chorak finalga yo‘l oldi. Keingi bosqichda vakillarimiz Frantsiya - Senegal o‘yini g‘olibi bilan o‘ynaydi.
Fikrlar